Reuters: Хитой Россиянинг Украинадаги хатоларини диққат билан ўрганмоқда
Бу каби тадқиқотлар Си Цзиньпин раҳбарлик қиладиган ҳарбий кенгаш топшириғи билан ўтказилган.

Reuters agentligi Xitoyning 20 dan ortiq mudofaa sohasiga ixtisoslashgan 20 dan ortiq nashrlarida Ukraina urushiga bag‘ishlangan 100 dan ortiq tahliliy materiallarni aniqladi.
Maqolalarda Rossiya harbiy tashkilotchiligi kamchiliklari ochiq tahlil qilinadi va XXRga G‘arb bilan ehtimoliy to‘qnashuvlarda takliflar beriladi. Xususan, xitoylik ekspertlar Starlink tijoriy sunʼiy yo‘ldoshlaridan jang maydonida foydalanishni muvaffaqiyatli deb hisoblashgan va ularni yo‘q qilish uchun qurilmalarni yaratishni tavsiya qilishgan. Yana bir taklif tanklarni Javelin tizimlaridan himoya qilishga bag‘ishlangan.
Ushbu maqolalar ustida yuzdan ortiq mutaxassislar ishlagan. Ularning barchasi Xitoy armiyasi bilan bog‘liq universitetlarda faoliyat yuritadi.
Nomi sir qolishini istagan 2 nafar xitoylik harbiy attashe va yana bir diplomat bu kabi tadqiqotlar Xitoy kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasining harbiy kengashi topshirig‘i bilan o‘tkazilganini aytgan. Bu kengashga Si Szinpinning o‘zi rahbarlik qiladi.








