ТОП-30: Ёш тадбиркорлар рейтинги тузилди
Рўйхат “Юксалиш” умуммиллий ҳаракати ва Ижтимоий-иқтисодий ташаббуслар институти томонидан эълон қилинди.

“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda O‘zbekistonning 35 yoshgacha bo‘lgan 30 nafar eng yaxshi tadbirkorlari reytingini tuzdi.
Qayd etilishicha, birinchi bosqichda ekspertlar, yaʼni tadbirkorlar, jamoat arboblari ishtirokida 100 nafar yosh tadbirkorlar ro‘yxati shakllantirilgan. Bunda nomzodlarning media va ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, mahsulot yoki xizmatning innovatsiyaviyligi, tadbirkorlar faoliyatining hudud, mamlakat imijiga ijobiy taʼsiri, erishayotgan yutuqlari, biznesning ijtimoiy masʼuliyati kabi masalalar hisobga olingan.

Ikkinchi bosqichda ovoz berish yo‘li bilan 30 kishidan iborat yakuniy ro‘yxat shakllantirilgan. Ular orasida Payme to‘lov xizmati asoschisi va axborot texnologiyalari sohasida biznesni rivojlantirayotgan Sarvar Ro‘zmatov, Teodora Goods agrokompaniyasi rahbari hamda Dalatek IT-platformasi hamtaʼsischisi Dildora Otajanova, TESTO restoranlar tarmog‘i hamtaʼsischisi Zamira Rahmonova va boshqalar bor.







