Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Pop tumanida "Lacetti" rusumli avtomashinada yong‘in yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan IIV YHXBB ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea bugun, 4-yanvar kuni soat 19:30 da Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining 284-kilometrida ro‘y bergan. Yong‘inga avtomashinaning dvigatel qismidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
Hodisa oqibatida avtomobilga zarar yetgan, tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida ham "Lacetti" yonib ketgani haqida xabar berilgandi.
Javohirbek Tursunov


