Jahon

Hammasi qanday boshlangan edi?

Bir necha kundan beri turli davlatlar Belarus ustidan uchib o‘tish va “Belaviya” uchun osmonini yopishini eʼlon qilmoqda.

Hammasi qanday boshlangan edi?

 

 

23-may kuni Afinadan Vilnyusga uchayotgan samalyot Minskda favqulodda qo‘ndirildi. Bunga sabab Ryanair samalyotida bomba borligi haqidagi xabar bo‘ldi.

 

Samalyot qo‘nishi bilan Belarus Predidenti matbuot xizmatiga yaqin “Birinchi puli” (“Pul Pervogo”) telegram-kanali Minskda samalyotni qo‘ndirish haqidagi qaror shaxsan Aleksandr Lukashenko tomonidan berilganini eʼlon qildi. Shuningdek, uning topshirig‘i bilan yo‘lovchi samalyotiga hamrohlik qilish uchun MiG-29 qiruvchi samalyoti uchirilgan.

 

Samalyot bortida bo‘lgan NEXTA telegram-kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protayevich va uning dugonasi, Rossiya fuqarosi Sofya Sapegadan tashqari yo‘lovchilar 7 soatdan so‘ng parvozni davom ettirishgan. Vilnyusgacha yana bir necha yo‘lovchi yetib bormagan, ammo ular haqida hech narsa xabar qilinmagan. OAVning taxminicha, ular Belarus davlat xavsizligi qo‘mitasining agentlari bo‘lishi mumkin.

 

NEXTA telegram-kanali Belorussiyada eksremistik kanal deb eʼlon qilingan va uning bosh muharriri Roman Protasevich xalqaro qidiruvga berilgan. 2020 yilning noyabr oyida Belarus Bosh prokuroturasi Polsha Adliya vazirligiga murojaat qilib uni Belorussiyadagi ommaviy tartibsizliklarda aylab qo‘lga olish va jinoiy jazoga tortishni so‘ragan.

Ryanair bosh direktori Maykl O‘Liri Newstalk radiosiga bergan intervyusida Minskdagi holatni “samalyotning davlat tomonidan o‘g‘irlanishi” deb baholadi.

Samalyotda bomba borligi haqidagi maʼlumot esa tasdiqlanmadi.

Aslida bu xabar qayerdan keldi?

Ryanair aviakompaniyasi samoletni Minskka qo‘ndirish haqidagi topshiriqni beloruss dispecherlari berganini eʼlon qildi.

 

“Ryanair‘ning Afinadan Vilnyusga reysi bugun belorussiyalik Havo harakati tashkiloti xizmatidan bortda xavfsizlikka potensial tahdid haqida xabar olishdi va eng yaqin – Minsk aeroporti tomonga harakatlanish bo‘yicha ko‘rsatma oldi”, deyiladi xabarda. 

 

Flightradar24 maʼlumotiga ko‘ra, yo‘nalish o‘zgartirilgan paytda Vilnyus aeroportigacha 72 km, Litva chegarasigacha 30 km, Minsk aeroportigacha esa 183 km bo‘lgan. Qo‘nish davridagi manevrlar bilan esa samolet 300 km masofani bosib o‘tgan.

 

 

Ammo rasmiy Belarus OAVi boshqa xabar tarqatgan: unga ko‘ra, ekipajning o‘zi Minskka qo‘nishga qaror qilgan.

 

Qanday hollarda davlat yo‘lovchi samalyotlarni qo‘lga olish va qo‘ndirishga haqli?

 

Havo kemasi bortida xavf paydo bo‘lishi holati Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi bo‘yicha Chikago konvensiyasi asosida tartibga solinadi. 1984 yilda unga 3 bis maxsus moddasi bilan to‘ldirildi. Bu modda qo‘lga olishga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra, qo‘lga olish paytida bortdagi odamlar hayoti va xavfsizligiga tahdid solinmasligi kerak.

 

Shuningdek, davlat samalyotning aniq bir aeroportga qo‘nishini talab qilishi mumkin, “agarda havo kemasi uning hududi ustidan ruxsatsiz uchayotgan bo‘lsa yoki u konvensiya maqsadlariga xilof foydalanilayotgani haqida aniq dalillar bo‘lsa”.

 

Iqtisodiyot oliy maktabining xalqaro huquq departamenti dotsenti Gleb Bogushning aytishicha, agar kema bortida nimadir bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy javobgarlik aviakompaniya ro‘yxatga olingan mamlakat bo‘ynida bo‘ladi.

 

Chikago konvensiyasiga ko‘ra, fuqarolik samalyotlarini qo‘lga olishdan qochish va undan so‘nggi chora sifatida foydalanish kerak.

 

Shunday qilib,  bu vaziyatda samalyot uchuvchisida tanlov qolmagan va u Belarus havo hududi dispecherlariga bo‘ysunib, aytilgan joyga qo‘ngan. Ammo, Bogushning fikricha, Belarus hukumati xalqaro huquqni buzgan.

 

 

“Aks holda nega samalyot yo‘nalishdan ancha chiqarilib Minskka qo‘ndirildi, yaqin oradagi Vilnyus aeroportiga emas?”, - deydi u.

 

Endi Belarus javobgarlikka tortiladimi?

 

Bogushning aytishicha, Chikago konvensiyasi bo‘yicha qonunbuzarlik uchun davlatlarni javobgarlikka tortishning samarali mexanizmi mavjud emas. Avval Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti doirasida ko‘pbosqichli jarayondan o‘tish kerak, shundan keyingina baxs BMTning Gaadagi xalqaro sudida yakunlanishi ehtimoli bor.

 

Bu holda Belarus hukumati samalyot ga xavf tug‘ilgani haqidagi xabarga tayangani va yo‘lovchilar orasida jiddiy jinoyatlarda ayblanayotgan belorussiyalik fuqaro borligini tekshirmoqchi ekanini aytib o‘zini oqlashi mumkin.

 

Shunday pozitsiyani Belarus rasmiy OAV qo‘llamoqda. Masalan, ONT kanali Protasevich samolet qo‘nishi bilan emas, balki Svetlana Tixanoskayaning maslahatchisi  Twitter‘da uning rasmini eʼlon qilganidan so‘ng qo‘lga olinganini aytmoqda.

 

Ekspertlar bu ish BMTning xavfsizlik kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerakligini aytishmoqda.

 

Protasevichning taqdiri nima bo‘ladi?

 

Hibsga olingan Protasevich Blarus hukumati tomonidan mamlakat jinoyat kodeksining 293 moddasi 1 qismi (ommaviy tartibsizlik tashkillashtirish) va 342 moddasi 1 qismi (jamoat tartibini qo‘pol buzuvchi guruh harakatlarin tashkillashtirish yoki unda faol ishtirok etish) bilan ayblanib, terrorchilar milliy ro‘yxatiga kiritilgan va xalqaro qidiruvga berilgan.

 

Voqea haqida xabarlar tarqalishni boshlashi bilan YEI yetakchilari jurnalist va uning dugonasini qo‘yib yuborishni talab qilishni boshlashdi.

 

AQSH prezidenti Jo Bayden Protasevichning qo‘lga olinishini “siyosiy boshqacha fikrlaydiganlar va matbuot erkinligiga sharmandali hujum” deb baholadi. 

 

“AQSH uni (Protasevichni) Lukashenko nazoratidagi boshqa yuzlab siyosiy mahbuslarni ozod qilish haqidagi boshqa mamlakatlar chaqirig‘iga qo‘shiladi”, - dedi Bayden.

 

24 may kuni Roman Protasevichning videomurojaati internetda tarqaldi

 

“Hozir men Minsk shahridagi 1 tergov izolyatoridaman. Shuni aytishim mumkinki, sog‘lig‘im bilan bog‘liq, jumladan yuragim yoki boshqa organlarim bilan bog‘liq muammo yo‘q. Xodimlar tomonidan menga qilinayotgan munosaat maksimal darajada qonun doirasida bo‘lyapti... Shuningdek, men tergov bilan hamkorlik qilib, Minskdagi ommaviy tartibsizliklar tashkillashtirish fakti bo‘yicha ko‘rsatmalar beryapman”, - degan u rolikda.

 

Video tarqalishidan bir necha soat oldin Roman va uning dugonasi Sofiya Sapeganing ota-onasi BBC ga bergan intervyusida farzandlarining taqdiridan xavotirda ekanini aytgan

 

“Biz shunday o‘g‘limiz borligidan faxrlanamiz. Umid qilamizki, u hammasiga chidam, o‘zligicha qoladi. Biz zo‘ravonlik va kaltaklash holatlaridan xavotirdamiz”, - deydi Dmitriy Protasevich, Romanning otasi.

 

Uning onasi o‘g‘lining videodagi harakatlari tabiiy emasligi, bu ko‘rsatmalar zo‘rlik yo‘li bilan olinganini aytmoqda. Bu haqda Litva tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mantas Adomenas xabar berdi

 

Roman bilan birga samoletda uchgan dugonasi, Rossiya fuqarosi Sofya ham qo‘lga olinib, 2 oyga qamoqqa olindi. Uning advokati qiz aynan nimada ayblanayotganini bilmasligini, ammo buning tagiga yetishini aytgan.

 

Rossiya taraf qizning qarindoshlari bilan bog‘langani va Belarus TIVga murojaat qilib u bilan konsullik aloqasini so‘ragan.  

 

23 yoshli Rossiya fuqarosining onasi Anna Dudich qizi qo‘lga olingani haqida Instagram tarmog‘i orqali bilgani so‘nggi marta Sofya WhatsApp orqali “Oyi” degan so‘zni yuborishga ulgurganini aytib berdi.

 

“U gapini davom etishga ulgurmadi. Shunday beri u bilan bog‘lanmadik. Ayni paytda u Okrestina ko‘chasidagi vaqtincha saqlash izolyatorida. Biz u uchun advokat yolladik”, - deydi Dudich

 

Qator mamlakatlarda Roman va Sofyani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mitinglar o‘tkazildi.

 

Belarusga nisbatan qanday chora ko‘riladi?

 

Yevroittifoq yetakchilari avvaliga alohida chiqishlarida Protasevichni ozod qilishni so‘rashgan bo‘lsa, Yevrokengash sammitining asosiy mavzusi – Rossiya bilan munosabatlar muhokamasi Minskdagi samolet qo‘ndirili tufayli bir oyga surildi. Va muhokamaning asosiy mavzusi Belarusdagi voqealar bo‘ldi. YEI yetakchilari Belarus hukumatiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga kelishib olishdi. Yevroittifoq beloruss kompaniyalariga YEI hududiga uchishni taqiqladi va Yevropa aviatashuvchilarini Belarusga parvozlardan bosh tortishga chaqirdi.

 

24 may kuniyoq Buyuk Britaniya birinchilardan bo‘lib mamlakatga “Belavia” aviakompaniyasi kirishini taqiqlab qo‘ydi va fuqarolariga Belarus havo hududidan foydalanmaslikni tavsiya qildi.

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumatga Belarus bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

 

Ayrim aviakompaniyalar zudlik bilan o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirdi. Masalan, dushanba kuni  Vengriyaning  Wizz Air loukosteri Kiyevdan Tallinga  uchadigan samoleti Belarus hududini aylanib o‘tdi. Austrian Airlines,  Air Baltic va boshqa aviakompaniyalar ham mamlakat hududini aylanib o‘tmoqda.

 

Rosaviatsiya esa Belarusga va Belarus ustidan uchib o‘tuvchi parvozlari odatiy rejimda qolishini eʼlon qildi.

 

Litva  TIV o‘z fuqarolariga zudlik bilan Belarus hududini tark etishni tavsiya qildi.

 

Bir necha davlat Belarusni aviatsiya qaroqchiligida aybladi. Jumladan, Gretsiya TIV Minskni “davlat qaroqchiligi harakatida” aybladi.

 

Ammo Rossiya hukumati bunday pozitsiyaga qo‘shilmayapti va boshqa davlatlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan shunga o‘xshash holatlarni misol tariqasida keltirmoqda. Jumladan, Roskosmos rahbari Dmitriy Rogozin Polsha va Ruminiyani “havo qaroqchisi” deb atadi va 2017 yilgi voqeani yodga oldi: o‘shanda Rogozin yetakchiligidagi hukumat delegatsiyasi Kishinevga uchayotgan S7 kompaniyasining yo‘lovchi samoleti Ruminiya va Polsha hududidan o‘tkazilmagan va natijada samolet Minskda qo‘nishga majbur bo‘lgan.

 

Xalqaro huquq nuqtai nazaridan, aviatsiya qaroqchiligi birinchi o‘rinda kemani noqonuniy qo‘lga olish bo‘lib, u BMTning 1970 yilgi Konvensiyasi bilan tartibga solinadi. Ammo unda bunday jinoyatni faqat samolet bortidagi odam amalga oshirishi mumkinligi aytilgan.

 

Sharofat Mahmudova

custom img

Eron bilan muzokara qilish uchun kech bo‘ldi — Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan muzokaralar uchun imkoniyat qo‘ldan boy berilganini aytib, AQShning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi rejalashtirilganidan tezroq davom etayotganini bildirdi.

custom img

Eronda AQSh va Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 800 ga yaqinlashdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning 153 hududida 1039 ta zarba qayd etilgan.

custom img

Isroil razvedkasi Tehron kameralarini buzib, Xomanaiy harakatlarini kuzatgan — Financial Times

Olingan tasvirlar shifrlanib, Tel-Aviv va Isroil janubidagi serverlarga uzatilgani aytilmoqda.

custom img

Pokiston nega Saudiya Arabistoniga yordam bermayapti?

Yaqin Sharqda boshlangan urush 4 kundirki davom etmoqda. Eron AQSHning Saudiya Arabistonidagi harbiy bazasiga hujum qildi. Ammo Pokiston nega Saudiyaga yordam bermayapti?

custom img

Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat sabab Ronaldu Saudiyani tark etdi

Eronning Ar-Riyoddagi AQSH elchixonasiga hujumidan so‘ng Krishtianu Ronaldu shaxsiy samolyotida Saudiya Arabistonidan Madridga yo‘l oldi

custom img

Qozog‘iston Eron masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun maydon taqdim etishga tayyor

Ma’lum qilinishicha, avval ham Olmaotada Eron bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan.

custom img

AQSH razvedkasi Eron tomonidan Qo‘shma Shtatlar hududiga yo‘naltirilgan ehtimoliy hujumlar haqida ogohlantirdi

Eronning AQSHga qarshi ehtimoliy tahdidi keng ko‘lamli to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy hujumlarni o‘z ichiga olmaydi.

custom img

AQSHning Saudiya Arabistonidagi elchixonasiga dronlar zarba berdi

Donald Tramp elchixonaga qilingan hujum javobsiz qolmasligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Hammasi qanday boshlangan edi?