"Agar biz COVID-19‘ning kelib chiqishini to‘liq tushunmasak, COVID-26 va COVID-32 paydo bo‘ladi" — Piter Xotez
Koronavirus va yuqumli kasalliklar bo‘yicha amerikalik olim va mutaxassis Piter Xotez virusning kelib chiqish sabablarini aniqlash zarurligini, aks holda bu yangi pandemiyalar paydo bo‘lishiga tahdid solishini eʼlon qildi.


"Tabiat bizga nima bo‘lishini aytadi: agar biz COVID-19'ning kelib chiqishini to‘liq tushunmasak, COVID-26 va COVID-32 paydo bo‘ladi", - deydi Xotez.
Unga ko‘ra, virusologlar, epidemiologlar va olimlar Xitoyga yuborilishi kerak, shunda mutaxassislar zarur tadqiqotlar o‘tkazish uchun hayvonlar, odamlardan namunalar olish va laboratoriyalarga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishladi.
Ilgari xabar qilinganidek, Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida shifokorlar ilgari nomaʼlum bo‘lgan koronavirus turini aniqladilar. Uning genomida SARS-CoV-2'ning Britaniya va Janubiy Afrika versiyalariga xos bo‘lgan bir nechta asosiy mutatsiyalar mavjud.
Nasiba To‘xtayeva







