Kim Chen In yana jamoatchilik oldida ko‘rinmay qoldi
KXDR yetakchisi Kim Chen In so‘nggi 24 kun ichida jamoatchilik oldida ko‘rinmadi. Bu uning 2021 yildagi eng uzoq middatga yo‘qlishi, deb yozadi TASS.


Kim Chen In oxirgi marta 7 may kuni Pxenyandagi konsertda qatnashgan. Shundan beri u hech qayerda ko‘rinish bermagan. Kim Chen n 28 may kuni Suriya prezidenti Bashar al-Assadga maktub yo‘llab uni lavozimga qayta saylangani bilan tabriklagani to‘g‘risida maʼlumotlar bor.
Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenti Jo Bayden Kim Chen In bilan shaxsiy uchrashuvga tayyorligini eʼlon qildi. Shu bilan birga, Oq Uy rahbari o‘z shartni aytdi, unga ko‘ra, KXDR rahbari yadro arsenalini muhokama qilishni o‘z zimmasiga olishi lozim.
Nasiba To‘xtayeva







