Moskvada erkak oilasini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Tojikistonda tug‘ilgan 42 yoshli Firuz Yorov rafiqasi bilan sportga tikiladigan garovlar ustida janjallashib qolib, mojaro paytida erkak rafiqasini, so‘ngra 11 va 17 yoshli ikki qizini so‘yib tashlagan.


Taxminlarga ko‘ra, gumonlanuvchi jasadlarni kvartirada saqlab, ular bilan bir qancha vaqt yashagan. So‘ng o‘zini o‘ldirgan.
Oila aʼzolarining birdaniga yo‘q bo‘lib qolishi qo‘shnilarga deyarli sezilmagan, chunki qizlar uyda onlayn o‘qigan, rafiqasi esa hech qayerda ishlamagan.
Erkak telekommunikatsiya kompaniyasi departamentida rivojlanish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Oila 2010 yilda Rossiya fuqaroligini olgan.
Munojat Valiyeva







