Buxoroda MIB orqali qidiruvdagi KIA topildi
Qidiruv davomida u qaynonaning uyidan topilgan.

Kelin nomiga kredit rasmiylashtirilib, 2025 yilda ishlab chiqarilgan «KIA CARENS» avtomobili qaynotaning sovg‘asiga aylangan. Kredit to‘lovlarini qaynona amalga oshirishi kerak bo‘lgan, ammo keyinchalik to‘lovlar to‘xtab qolgan.
Bank sudga murojaat qilganidan so‘ng, qarzdorlikni undirish jarayonida avtomobil qidiruvga berildi. U qaynonaning uyidan topildi. Maʼlum bo‘lishicha, avtomobil ehtiyot qismlari sotib yuborilgan.
Avtomobil xatlanib, Jinoyat kodeksining 233-moddasi talablari asosida qaynonaga saqlash uchun topshirildi.
Hozirda ijro harakatlari davom etmoqda.







