Sud Yekaterinburgda otishma uyushtirgan shaxsni hibsga oldi
Yekaterinburgning Chkalovskiy tuman sudi tomonidan kuni kecha Ximmash mikrorayonida otishma uyushtirgan Sergey Bolkovni ikki oyga hibsga olingani bo‘yicha TASS muxbiri sud zalidan xabar berdi.


Sudyaning aytishicha, ikki oylik muddat - 29 iyulga qadar hibsga olish bo‘yicha ehtiyot choralari ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, gumonlanuvchi ikki kishini o‘ldirishga urinishda va huquqni muhofaza qilish organlari xodimining hayotiga tajovuz qilishda ayblanmoqda. Otishma jarayonida to‘qqiz yoshli qiz va Rossiya gvardiyasi xodimi og‘ir jarohatlangan.
Dastlab, gumonlanuvchi balkondan o‘q uzganini o‘zi tan olgan. Shu bilan birga, u maqsadli ravishda o‘q uzmaganini va bolani o‘qqa tutishni istamaganini ham aytgan.
Ayni paytda bola reanimatsiyada, ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Munojat Valiyeva







