O'zbekiston

So‘nggi 15 yilda sug‘oriladigan yerlar aholi jon boshiga 24 foizga kamaygan – Adliya vaziri

Prezidentning yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha chiqargan farmoni yuzasidan AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ruslan Davletov hokimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan ko‘zbo‘yamachiliklar ortidan respublikadagi sug‘oriladigan yerlar miqdori kamayib ketganini ta'kidladi.

So‘nggi 15 yilda sug‘oriladigan yerlar aholi jon boshiga 24 foizga kamaygan – Adliya vaziri

«Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi yerini tadbirkorga ajratish mumkin emas. Sug‘oriladigan yerlar faqat prezident qarori asosida berilishi kerak.

Nima qiladi – toifani ham almashtirib qo‘yadi. «Bu yerni qishloq xo‘jaligidan noqishloq xo‘jaligi yeriga o‘tkazamiz», deydi-da, bitta qaror bilan yer toifasini almashtirib, keyin berib yuboradi», – deydi Ruslan Davletov.

Vazir shunga o‘xshash «tirqish»lar farmon bilan yopilayotganini hamda sug‘oriladigan yerni ajratishni prezident darajasiga olib chiqish orqali ushbu toifa yerlarni saqlab qolish mo‘ljallanayotganini bildirdi.

Pug dokumentatsiyasi

Uning qo‘shimcha qilishicha, respublikada oxirgi 15 yilda sug‘oriladigan yerlar aholi jon boshiga 24 foizga kamaygan, ya'ni avval bir kishiga 0,23 ga yer to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 0,16 gani tashkil etadi.

Ma'lumot uchun, yuqoridagi farmon bilan mahalliy davlat hokimiyati organlarining sug‘oriladigan yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, sug‘orilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o‘tkazish vakolatlari hamda bu bo‘yicha qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi 2021 yil 1 avgustdan bekor qilinmoqda. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.