Blinken: AQSH va Fransiya Xitoyga dunyoda yetakchi rolni o‘ynashiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken The New York Times gazetasiga bergan intervyusida Vashington va Parij Xitoyga dunyoda yetakchi rolini o‘ynashiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.

AQSH davlat kotibi Entoni Blinken The New York Times gazetasiga bergan intervyusida Vashington va Parij Xitoyga dunyoda yetakchi rolini o‘ynashiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.
Blinken taʼkidlashicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvdan so‘ng Vashington va Parij Xitoyning dunyoda yetakchi bo‘lishiga qarshi turish bo‘yicha «bir to‘lqinga tushdi».
Davlat kotibi AQSH «Xitoyni ushlab turish yoki Xitoyni orqaga uloqtirishga urinishdan yiroq»ligini aytgan.
«Men shuni aniqladimki, prezident Makron xuddi shunday fikrlaydi va amaliy natijalarga erishish zarurati haqida o‘ylaydi» – dedi Blinken.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda AQSH va Fransiya pandemiya va Xitoyning taʼsiri kuchayotgan bir paytda birgalikda hamkorlik qilishi, nazorat o‘rnatishi va harakatlanishi zarur.







