O‘zbekiston va Xitoy Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi va tinchlikni saqlashga chaqirishdi
O‘zbekistonning Afg‘oniston masalalari bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev va Xitoy elchisi Afg‘onistondagi harbiy harakatlar faollashgani va radikal islomchilar tomonidan afg‘on-tojik chegarasidagi “Sherxon-Bandar” bojxona – savdo punktining bosib olinishi, shuningdek, afg‘on harbiylari tomonidan chegaraning buzilishi masalalarini muhokama qilishdi.

O‘zbekistonning Afg‘oniston masalalari bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev va Xitoy elchisi Afg‘onistondagi harbiy harakatlar faollashgani va radikal islomchilar tomonidan afg‘on-tojik chegarasidagi “Sherxon-Bandar” bojxona – savdo punktining bosib olinishi, shuningdek, afg‘on harbiylari tomonidan chegaraning buzilishi masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Afg‘oniston masalalari bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev Xitoyning favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan bilan Afg‘onistondagi vaziyat va tinchlik jarayonlarida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi.







