Qaysi qonun senatorlar tomonidan rad etildi?
Muhokama davomida senatorlar tomonidan Qonunni ishlab chiqishda milliy qonun hujjatlari, xorijiy mamlakatlar tajribasi va yurist-olimlar fikrlari o‘rganilmagan va tahlil qilinmaganligi qayd etildi.

Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Mazkur Qonun bilan 3 ta Kodeks va 8 ta qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, “Jinoyat va Jinoyat-protsessual” hamda “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodekslarga, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, shuningdek, “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Muhokama davomida senatorlar tomonidan Qonunni ishlab chiqishda milliy qonun hujjatlari, xorijiy mamlakatlar tajribasi va yurist-olimlar fikrlari o‘rganilmagan va tahlil qilinmaganligi qayd etildi.
Shuningdek, ushbu holatlar, o‘z navbatida, turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi taʼkidlandi.
Shu bois Qonun senatorlar tomonidan rad etildi.







