Amazon Sietldagi shtab-kvartirasida sovutish markazini ochdi
Shaharda havo harorati ketma-ket uch kun davomida 37 darajadan yuqori bo‘lgan

Rekord darajadasi issiq havo fonida Amazon Sietldagi shtab-kvartirasida sovutish markazini ochdi. Bu haqda CNBC xabar qilmoqda.

Shaharda havo harorati ketma-ket uch kun davomida 37 darajadan yuqori bo‘lgan. Sovutish markaziga konditsionerlar o‘rnatilgan va 1000 kishi sig‘imiga ega. Havo isiganda xohlovchilar bu yerga kelib dam olishlari mumkin. Sietl iqlimi mo‘tadil bo‘lgani uchun aholi uylarida konditsionerlar o‘rnatilmagan.
Oldinroq Amazon shtab-kvartirasida COVID-19 ga qarshi emlanish imkonini bergan edi.
Sharofat Mahmudova







