Britaniyaga qarashli Terks va Kaykos orollari yaqinida sirli qayiq topildi
Britaniyaga qarashli Terks va Kaykos orollari yaqinida sirli qayiq topildi.

Britaniyaga qarashli Terks va Kaykos orollari yaqinida sirli qayiq topildi. Uning bortida 20 kishining, jumladan 2 bolaning jasadi bo‘lgan. Hukumat ularning o‘limiga nima sabab bo‘lganini va qurbonlarning shaxsini aniqlamoqda.

24 iyun tongida baliqchilar Grand-Terk sohili yaqinida chayqalayotgan qayiqni ko‘rib qolishgan. Unga yaqinlashgach, jasadlarni ko‘rib, politsiyaning dengiz bo‘linmasi bilan bog‘lanishgan.
Politsiyaning rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar o‘limga qotillik yoki hujum sabab bo‘lgan deb o‘ylashmayapti. Odamlarning o‘limiga olib kelgan boshqa tafsilotlar sir saqlanmoqda.
Politsiya komissari Trevor Bottingning aytishicha, qayiq Karib havzasidan suzib kelgan bo‘lishi mumkin. Kubadan g‘arbda va Dominikandan shimolroqda joylashgan Terks va Kaykos uning nishoni bo‘lmagan.
Britaniyaning Terks va Kaykos orollari qashshoqlikdan qutulmoqchi bo‘lgan Gaiti aholisi orasida mashhur. Orollardan odatda emigrantlar uchun dastlabki qolish punkti sifatida fodalaniladi.
Sharofat Mahmudova







