Gretsiyada Pablo Pikassoning “Ayol boshi” nomli asari topildi
U 9 yil oldin Afina milliy galereyasidan o‘g‘rilangan.

Gretsiyada Pablo Pikassoning “Ayol boshi” nomli asari topildi. U 9 yil oldin Afina milliy galereyasidan o‘g‘rilangan. Bu haqda Afina politsiyasiga tayanib BBC News xabar qilmoqda.

Shuningdek, Piter Mondrianning “Shamol tegirmoni” asari ham topilgan. U Pikassoning rasmi va yana bir sanʼat asari bilan birga olib ketilgan. 2012 yilda jinoyatchilar bir necha daqiqa ichida 3 ta kartinani olib o‘g‘rilashgan.
Politsiya ular haliyam Gretsiyada saqlanishi haqidagi taxminini aytganidan so‘ng bir necha oy o‘tib kartinalar topildi.
Pikasso “Ayol boshi”ni galereyaga 1949 yilda sovg‘a qilgan. Rassom uni 1939 yilda chizgan.
Sharofat Mahmudova







