Indoneziya hindcha “delta” shtammning tarqalishi tufayli koronavirusga qarshi choralarni kuchaytiradi
Indoneziya sog‘liqni saqlash vazirligining maʼlumotiga ko‘ra, mamlakatda bir sutkada 20 mingdan ortiq yangi zararlanish holati qayd etilgan.

Indoneziya hukumati mamlakatda hindcha “delta” shtammning tarqalishi tufayli koronavirusga qarshi choralarni kuchaytiradi.

Shunday qilib, kafe va restoranlar yopiladi. Oldin ularda mehmonlar soni 25% gacha qisqartirilgan edi. Kompaniya va tashkilotlar xodimlarining katta qismi masofadan ishlash rejimiga o‘tadi. Mamlakat bo‘ylab parvozlar uchun fuqarolar emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat yoki PZR-test natijasini taqdim etishlari kerak.
Indoneziya sog‘liqni saqlash vazirligining maʼlumotiga ko‘ra, mamlakatda bir sutkada 20 mingdan ortiq yangi zararlanish holati qayd etilgan.
Sharofat Mahmudova







