“Nizomiy”da shaffof o‘tkazilgan bitiruv imtihonlaridan 241 nafar talaba o‘tolmadi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida shaffof o‘tkazilgan bitiruv imtihonlaridan 241 nafar talaba o‘tolmagan.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida shaffof o‘tkazilgan bitiruv imtihonlaridan 241 nafar talaba o‘tolmagan. Bu haqda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov maʼlum qildi.

«Butun mamlakatni raqamlashtirish deganda oliy taʼlim muassasalari bu borada eng ilg‘or bo‘lishi kerak. Raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani qisqartiramiz.
Korrupsiyani qisqartirish bo‘yicha misol: biz joriy o‘quv yilida birinchi marta barcha bitiruv imtihonlari, diplom himoya ishlarini ochiqdan-ochiq You Tube orqali barchaga taqdim etib o‘tkazdik.
Shunda bir holat namoyon bo‘ldiki, oldingi o‘quv yillarida bitiruv imtihonlaridan yiqilganlar judayam oz bo‘lardi: 7 ta yoki 10 ta. Bu yil esa 241 ta talaba imtihondan o‘tolmadi. Bunga sabab biz ularning bilim sifati, malaka va mutaxassisligiga javob beramiz», — deydi u.







