O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishcha, davlat rahbari Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Suhbatda, shuningdek, ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Oliy darajadagi muntazam va sermahsul muloqotlar tufayli O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish borasida birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi. Hamkorlik bo‘yicha yangi loyihalarni ilgari surishda hukumatlararo komissiya alohida o‘rin tutishi qayd etildi.

Xabarda aytilishicha, prezidentlar xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashib, Afg‘onistondagi, jumladan, ushbu mamlakat shimoliy chegaraoldi hududlaridagi harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishini ham muhokama qildi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Toshkent tumanida 156 mln so‘mlik tamaki yoqib yuborildi

Shuningdek, 2 mlrd so‘mlik dori vositalari ham yo‘q qilingan.

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Tadbir MIB va YHXB hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi | Zamon.uz