Mayamida yana bir binoda yashovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilinadi
AQSHda Mayami hukumati yana bir binoda yashovchilarni zudlik bilan evakuatsiya qilinishni talab qildi. Chunki muhandislar beton va elektr taʼminoti tizimida muammo aniqlashgan.

"Barcha muammolar konstruksiya qulab tushishiga olib kelishi mumkin", - degan Mayami shimoliy qismi boshqaruvchisi Artur Sorrey.

Bir vaqtning o‘zida shtatga Isla to‘foni yaqinlashmoqda. Prognozlarga ko‘ra, u dushanba kuni Floridaga yopirilishi kerak.
Sorreyning aytishicha, bino egalari Hozirga qadar xavfsizlik sinovini qayta topshirishni boshlamagan. Bu bino qurilganidan 40 yil o‘tib amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni bu shtatda 12 qavatli bino qulab tushgan edi. Hozirgacha qurbonlar soni 22 taga yetgan. Yana bir binoni evakuatsiya qilish qarori so‘nggi yangiliklar fonida eʼlon qilindi.







