O‘zbekistonda bir kunda 482 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. 3 nafar bemor vafot etgan
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 2021 yil 2 iyul holatiga ko‘ra 112 130 (+482) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘p ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (117 nafar), Toshkent (47 nafar), Buxoro (45 nafar) va Andijon (38 nafar) viloyatlarida qayd etilgan.
Kecha kun davomida kasallikdan sog‘ayganlar jami 108 404 (+395) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 745 nafarni tashkil qildi.







