Jahon

Tojikiston hududiga “Tolibon” bilan boʻlgan jangda chekingan 300dan ortiq afgʻon harbiy xizmatchilari kiritildi

Bu haqda Tojikistonning “Xovar” AA maʼlum qilgan.

Tojikiston hududiga “Tolibon”  bilan boʻlgan jangda chekingan 300dan ortiq afgʻon harbiy xizmatchilari kiritildi

 Xabarda aytilishicha, Afgʻoniston Islom Respublikasi harbiy qurolli kuchlari shiddatli qarshiliklardan soʻng, shaxsiy tarkibni saqlab qolish maqsadida Tojikiston Respublikasining  qoʻriqlanadigan chegara hududidan oʻtishgan. Qayd etilishicha, chegara harbiylari insoniylik va yaqinqoʻshnichilik munosabatlarini inobatga olgan holda, afgʻon harbiylariga 5- “Istiqlol” va 6- “Sarigor” chegara postidan oʻtishga ruxsat berishgan. Taʼkidlanishicha, ikki mamlakat chegarasidagi holat toʻliq nazoratga olingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"