Dushanbe: chegaraning 70 foizini Tolibon nazorat qilyapti
Tolibon jangarilari Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh bo‘lgan hududining 70 foizini o‘z nazoratiga oldi.


Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbariyati xabar bergan.
Afg‘oniston rasmiylari vaziyat nazoratdan chiqmaydi deb umid qilmoqda. Hukumat kuchlari qarshi hujumga tayyorlanyapti.
Afg‘oniston hukumati mamlakat shimolidagi vaziyat ancha jiddiyligini tan oladi: Tolibon bir qator hududlarni egallab oldi va oldinga siljishda davom etmoqda.
Shu bilan birga, Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulloh Mohib taʼkidlaganidek, mamlakat rahbariyati vaziyat nazoratdan chiqib ketmasligiga umid qilmoqda.
Shunday qilib, hukumat kuchlari allaqachon shimoliy hududlarda qarshi hujumni rejalashtirmoqdalar.







