Filippinda harbiy samolyot qulab tushdi
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, uning bortida 85 kishi bo‘lgan. Falokat samolyot mamlakat janubi-g‘arbidagi Xolo oroliga qo‘nishga uringan paytda yuz berdi.


Filippin armiyasi bosh qo‘mondoni general Sirilito Sobezananing so‘zlariga ko‘ra, yonayotgan samolyotdan 40 kishi qutqarib qolingan. 17 kishi halok bo‘lgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qolganlarning taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda. Qulash sabablari hozircha aniqlanmagan.







