Hirotda terrorchi musiqachi niqobida aeroportga kirdi
Afg‘onistonning xavfsizlik masalasi direktorati Hirotda samolyot portlatilishining oldini oldi.

Bu haqda Tolo News Afg‘onistonning xavfsizlik masalasi direktoratiga tayanib xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, terrorchi Hirotdagi aeroportga musiqachi niqobi ostida kirgan.
Erkakning musiqiy asbobi ichida bomba, kimyoviy moddalar va granata o‘rnatilgan bo‘lgan. U shular yordamida Hirotdan Qobulga uchadigan samolyotni portlatishni maqsad qilgan.
Terrorchi Hirot aeroportida qayta tekshiruv paytida qo‘lga olingan.







