Jahon

"Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi" filmi uchun Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan Vladimir Menshov vafot etdi

Rossiyalik rejissyor Vladimir Menshov 82 yoshida koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi, deb xabar beradi “Mosfilm” matbuot xizmati.

"Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi" filmi uchun Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan Vladimir Menshov vafot etdi

Aytilishicha, u iyun oyining oxirlarida koronavirusning yengil formasi bilan og‘rigan. Ammo kasallikni yengib o‘ta olmadi.  

Teatr, kino va televideniye aktyori, kinorejissyor, ssenarist, prodyuser va teleboshlovchi rossiyalik Vladimir Valentinovich Menshov 1939 yilning 17 sentyabr kuni Bakuda tug‘ilgan. Menshov Rossiyada xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi, Rossiya xalq artisti, «Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi» filmi uchun “Oskar” mukofotining «Xorijiy tildagi eng yaxshi film» nominatsiyasida laureat bo‘lgan. 

Taʼkidlash joizki, Menshov o‘zbekistonlik rejissyor Zulfiqor Musoqovning «Abdullajon yoki Stiven Spilbergga bag‘ishlanadi» filmida ham suratga tushgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

"Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi" filmi uchun Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan Vladimir Menshov vafot etdi | Zamon.uz