O‘zbekiston 27,6 ming tonna gilos eksport qildi
Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-may oylarida qiymati 43,4 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 27,6 ming tonna gilos eksport qilgan.


Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,3 ming tonnaga ko‘p.
2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 13,8 ming tonna
- Rossiya – 8,6 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 4,7 ming tonna
- Ukraina – 212,3 tonna
- Belarus – 142,2 tonna
- Polsha – 67,0 tonna
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-may oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga gilos eksport qilgan.







