Rossiya gazidan voz kechishni rejalashtirgan Polsha 1950 yillar rejasi asosida AES qurmoqchi
Ko‘mir issiqlik energostansiyalari va tiklanadigan quvvat manbalari mamlakat talabini qondirmaydi. Amerikaning suyultirilgan gazi esa qimmat.


Ammo polshalik siyosiy kuchlar shunga qaramay, arzon Rossiya gazidan voz kechish g‘oyasi tarafdori. Masalani yechish uchun Varshava o‘z eʼtiborini tark etilgan AES loyihasiga qaratdi.
Gdansk yaqinidagi stansiya qurilishi 2010 yildan beri bir necha marta to‘xtatilgan. Bunga qo‘shni Germaniyaning noroziligi sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, Varshava atom energetikasini rivojlantirish milliy g‘oyasini asrab qoldi.
AQSH Donald Tramp davrida polyaklarga 6 ta reaktor qurib berishni vaʼda qilgan edi, ammo adminstratsiya almashgach, obyekt qurilishi to‘xtab qoldi







