Toshkentdagi metro qurilishida 899 million so‘m talon-toroj qilingan
Respublika Transport prokuraturasi so‘nggi paytlarda muammolar ko‘p kuzatilayotgan Toshkent metropolitenida o‘rganish ishlarini olib bordi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali orqali maʼlum qilindi.


Qayd etilishicha, joriy yilning may-yun oylarida “Toshkent metropoliteni” korxonasidagi o‘rganishlar davomida masʼul mansabdor shaxslarning o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyatsizligi oqibatida jami 650 ta inson omili bilan bog‘liq kamchiliklar topilgan.
Shuningdek, so‘nggi 6 oy ichida Toshkent metropoliteni bilan bog‘lik jami 11 ta nosozlik yuzaga kelgan.
Taʼkidlanishicha, hozirda 899 million so‘m mablag‘ning talon-toroj qilinishi yuzasidan tegishli tartibda chora ko‘rilib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.







