Turkmaniston Prezidenti mamlakat aholisini anomal issiqdan saqlanishga chaqirdi
Gurbanguli Berdimuhammedov videoaloqa tarzida o‘tgan hukumat yig‘ilishida, fuqarolarni issiq ob-havodan himoyalanish choralarini ko‘rishga chaqirdi.


Davlat rahbari, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirliklari tomonidan taqdim etilayotgan hisobotlar, yaqin kunlarda havo harorati keskin ko‘tarilishi mumkinligini ko‘rsatayotganini bildirgan. Zarurat bo‘lmasa ochiq havoda uzoq vaqt qolmaslikni, ayniqsa yosh bolalarni quyoshdan himoya qilishni tayinlagan. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlarni yong‘in xavfsizligi choralarini ko‘rishga, elektroenergiyadan oqilona foydalanishni tashkil etishga chaqirgan.







