Uch qavatli ko‘prikdan Matiz tushib ketdi
Toshkentning Yashnobod tumani, Ohangaron shohko‘chasidagi uch qavatli ko‘prikdan Matiz yo‘lning qatnov qismiga tushib ketdi.


YXHBB matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, voqea 4 iyul kuni soat 18:00 larda yuz began. 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi U.N. Matiz‘ni haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotgan va ko‘prik chetidagi to‘siqqa urilib, pastdagi qatnov qismiga tushib ketgan.
Oqibatda haydovchi tan jarohati olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







