O‘zbekistonda barcha turdagi ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatildi
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ochiq maydonlar yoki yopiq majmualarda bo‘lishidan qatʼi nazar, O‘zbekistonda barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, sport musobaqalari, shuningdek, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha to‘xtatilishi belgilandi.


Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni muxlislarsiz o‘tkazishga ruxsat berildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Bu cheklov mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani fonida kiritilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, konsert-tomosha dasturlarining yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazilishi shu yil 1 maydan vaqtincha to‘xtatilgan edi.







