O'zbekiston

Samarqandda qarzdor ota farzandlariga 260 million so‘m aliment to‘ladi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida qarzdor ota farzandlariga 260 million so‘m aliment to‘ladi.

Samarqandda qarzdor ota farzandlariga 260 million so‘m aliment to‘ladi

Maʼlum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro Q.F.dan undiruvchi S.N.ga ikki nafar farzandning moddiy taʼminoti uchun daromadning uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Bu holat bo‘yicha MIB Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Ammo qarzdor ota anchadan buyon aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelgan.

Hozirda muqim daromadi bo‘lmagan, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash naqadar muhim ekanligini inobatga olgan holda, Byuroning shahar bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish va profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shundan so‘ng, MIB xodimlari qarzdor Q.F. bilan tushuntirish ishlari o‘tkazib, farzandlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirilgan.

Bundan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlari taʼminotini o‘ylab, ular voyaga yetguniga qadar hisoblangan 260 million so‘m pulni birdaniga to‘lab bergan. Tomonlarning roziligi bilan mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tugatilgan.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"