O'zbekiston

VPN‘dan foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda VPN‘dan foydalanish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar tarqalmoqda. AKT vazirligi uch yil oldingi bayonotida VPN ilovalardan foydalanish maʼmuriy javobgarlikka ham, jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘lmasligini maʼlum qilgan.

VPN‘dan foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladimi?

O‘zbekiston hududida ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyatining cheklanishi ortidan 2 iyuldan boshlab o‘zbekistonliklar Twitter, TikTok, Skype va Vkontakte platformalariga kirishda muammolarga duch kelmoqda.

Ushbu muammolarni chetlab o‘tish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan turli VPN ilovalar orqali foydalanish holatlari ko‘paymoqda.

Shu bilan birga, bu ilovalar orqali ijtimoiy tarmoqlarga kirayotgan foydalanuvchilarda bu harakat uchun javobgarlik mavjudmi, degan xavotir ham bor.

2018 yil 22 oktyabrdagi qonun bilan, telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanganlik uchun jinoiy (JK 278-7-moddasi) va maʼmuriy (MJtK 155-2-moddasi) javobgarlik belgilangan.

Ushbu moddalarga ko‘ra:

  • o‘rnatilgan himoya tizimlarini chetlab o‘tgan holda telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish va xalqaro trafikni o‘tkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shuningdek mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish jinoiy javobgarlikka;

  • telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Bu moddalarda keltirilgan huquqbuzarliklar aynan nimalarda namoyon bo‘lishini bir o‘qishda tushunib olish imkonsiz.

Bu nimani anglatadi? Bu internet foydalanuvchisining VPN ilovasidan foydalangani javobgarlikni nazarda tutadimi?

Ushbu qonun qabul qilinishidan oldin uning loyihasi eʼlon qilinganida ham jamoatchilikda shu kabi savollar tug‘ilgandi. O‘shanda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bu xavotirlarga javoban yuqoridagi moddalar VPN ilovalardan foydalanganlik uchun javobgarlikni nazarda tutmasligini bildirgan.

Jumladan, vazirlik Jinoyat kodeksidagi modda xalqaro trafiklardagi o‘tkazmalar to‘g‘risida ekanini, mazkur moddada shaxsiy yoki tadbirkorlik maqsadlarida axborot hamda axborot resurslaridan, shuningdek, buning uchun VPN tarmoqlari, VPN kanallari, proksi-serverdan foydalanishni cheklash masalasi ko‘zda tutilmaganini taʼkidlagandi.

MJtKga kiritilayotgan moddada esa begona Wi-Fi tarmoqlaridan ruxsatsiz foydalanish, tarmoq foydalanuvchilariga bildirmasdan tarmoqni buzib kirish hamda internet-trafikdan foydalanish kabi o‘g‘irlikka teng holatlar ko‘zda tutilgani maʼlum qilingan.

3 yilgi oldingi bayonotida vazirlik so‘nggi vaqtlarda Wi-Fi tarmoqlaridan noqonuniy foydalanish holatlari ko‘payib borayotgani va ushbu holatlarga chek qo‘yish maqsadida mazkur javobgarlik joriy etilayotganini bildirgan.

Demak, xulosa qilish mumkinki, VPN ilovalardan foydalanish maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lmaydi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

VPN‘dan foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladimi? | Zamon.uz