AQSH Belorus bilan havo aloqalarini to‘xtatdi
Xabar qilinishicha, Belorusga uchadigan samolyotlarga aviachiptalarni sotishni taqiqlovchi farmon tayyorlangan.


"Darhol va vazirlikning keyingi farmoniga qadar yo‘lovchilarni havo transporti, shu jumladan AQSH va Belorus o‘rtasida turli kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan parvozlarga chiptalar sotish taqiqlanadi", deyiladi hujjatda.
Shu bilan birga, farmonda "AQSHning milliy manfaatlari, shu jumladan gumanitar sabablarga ko‘ra yoki milliy xavfsizlik sababli" amalga oshiriladigan parvozlar uchun istisnolar nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 4 iyun kuni Yevropa Ittifoqi Kengashi Belorus samolyotlari tomonidan Ittifoq mamlakatlari havo maydonidan foydalanish va ularni Yevropa aeroportlariga qabul qilish taqiqlanganligini eʼlon qildi.
Nasiba To‘xtayeva







