AQSH “bosim kampaniyalari”dan voz kechmoqchi
AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash tizimini modernizatsiya qilish harakatida.


Qayd etilishicha, mamlakat rasmiylari Vashingtonga jiddiy iqtisodiy zarar yetkazmaslik uchun boshqa davlatlarga qarshi "keng ko‘lamli bosim kampaniyalaridan" voz kechish niyatida.
Qo‘shma shtatlar rasmiy idorasida faoliyat yurituvchi vakil "Biz so‘nggi to‘rt yil ichida AQSH siyosatini shakllantirgan bir tomonlama harakatlardan ko‘ra, sheriklarimiz bilan aniq ishlashga diqqatimizni qaratyapmiz", deya maʼlum qilgan. Vashington sanksiyalarni siyosiy maqsadlariga erishishga qaratilgan boshqa jihatlarni qamrab olgan qator diplomatik choralarning bir qismiga aylantirmoqchi. Shu bois, Bayden maʼmuriyati yoz oxirigacha mamlakatning sanksiyaviy siyosatini ko‘rib chiqadi.
Donald Tramp iqtisodiy cheklovlarni Eron, Venesuela va Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazishda qo‘llagan. Ammo, bunday siyosat uzoq muddatli natijalar bermadi va geosiyosiy maydonda ham tub o‘zgarishlarga olib kelmagan.
Xabarda aytilishicha, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Ryabkov Amerika hukumati tomonidan Rossiyaga nisbatan sanksiyalar yordamida bosim kuchayib borishi muqarrarligini eʼlon qilgandi. "Qo‘shma Shtatlar sanksiyalar siyosatidan shunchaki voz kecha olmaydi, hatto uning befoyda va samarasizligini tushunsada", degandi u.







