Buyuk Britaniya Afg‘onistonga qo‘shinlari chiqarilganidan so‘ng zarba berishi mumkin
London Afg‘oniston hududidagi terroristik tahdidlarga maxsus missiyani tashqaridan amalga oshirish modeli orqali qarshi tura oladi

Buyuk Britaniya terrorizmga qarshi kurashni davom ettirish uchun qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketganidan so‘ng zarba berish huquqini o‘zida qoldirdi. Bu haqda mudofaa vazirining o‘rinbosari Jeyms Xippi maʼlum qildi.

Siyosatchining taʼkidlashicha, London Afg‘oniston hududidagi terroristik tahdidlarga maxsus missiyani tashqaridan amalga oshirish modeli orqali qarshi tura oladi.
U Suriya va Iroqdagi “Islomiy davlat” jangarilariga qarshi kurashda Britaniya harbiy xavo kuchlarining ishtirokini nazarda tutuvchi “Shader” operatsiyasini esladi. "Shuni bilamanki, Afg‘onistonda voqealar shu tariqa rivojlanishi yuzasidan tahmin qilib reja qilganlar aynan shu yo‘nalish haqida o‘ylashmoqda", - deya xulosa qildi Xippi.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yildan buyon Shader operatsiyasi doirasida London ISHID terrorchilarining obyektlariga 2 mingdan ortiq havo zarbalarini yo‘llagan.







