Gretsiyada yana cheklovlar joriy etilmoqda
Gretsiya hukumati koronavirus pandemiyasi fonida yangi cheklovlarni eʼlon qildi, bu ayniqsa yoshlar orasida tez tarqalayotgan kasallanishni kamaytirishga qaratilgan. Yangi choralar 8 iyuldan kuchga kiradi.


"8 iyuldan boshlab restoranlar, barlar, klublar va ko‘ngilochar joylar faqat o‘tirgan mijozlar bilan va binolarning sig‘imi to‘g‘risida qonunda belgilangan qoidalar asosida ishlaydi", - deyiladi xabarda.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, 10,3 million aholisi bo‘lgan Gretsiyada 429 mingta COVID-19 kasalligi qayd etilgan, 12 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi.
Nasiba To‘xtayeva







