Jeff Bezos yana-da boyidi
6 iyul kuni bo‘lib o‘tgan birja savdolari yakuniga ko‘ra Amazon asoschisi Jef Bezosning mablag‘i 8,44 mlrd dollarga o‘sib, 211 mlrd dollarga yetdi, deya xabar bermoqda.


Oxirgi maksimal o‘sish joriy yilning yanvar oyida qayd etilgan. O‘shanda Tesla va SpaceX rahbari Ilon Maskning moliyaviy holati 210 mlrd dollarga yetgandi.
Mutaxassislar hozirda bu raqamlar 181 mlrd dollarga tushganini aytishmoqda.
Bezosning boyligi mart oyining o‘rtalarida Amazon aksiyalarining 2 foizga o‘sishi fonida ko‘paydi. Agentlikning taʼkidlashicha, bu ko‘rsatgichga Pentagonning 2019 yilda Microsoft bilan tuzgan 10 mlrd dollarlik bulutli saqlash infratuzilmasini yaratish shartnomasini bekor qilish haqiqdagi yangiliklar ham taʼsir qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 5 iyul kuni Bezos Amazon rahbarligidan ketdi. Kompaniya raisligida yangi g‘oyalar va ishlanmalar bilan band bo‘lishi xabar qilingandi.
Muqaddas Fayozova







