Latviyada koronavirusga qarshi emlanganlar 100 ming yevro olishi mumkin
Latviya hukumati koronavirusga qarshi emlashga jamoatchilik qiziqishini oshirish maqsadida lotereya uyushtirishni rejalashtirmoqda.


Emlash darajasini oshirish uchun mamlakat hukumati lotereyani tasdiqladi. Sovrinlar 100 dan bir necha ming yevrogacha bo‘lgan pul mablag‘laridir. 100 000 yevrolik bosh sovrin avgust oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Hukumat shuningdek, oilaviy shifokorlarga ularni COVID-19'ga qarshi emlashni faollashtirishga undash uchun ko‘proq pul ajratishni rejalashtirmoqda.
Nasiba To'xtayeva







