Latviyada koronavirusga qarshi emlanmaganlar ishdan bo‘shatiladi
Latviyada ish beruvchilarga 15 sentyabrga qadar emlash to‘g‘risida COVID sertifikatini ololmagan xodimlarni ishdan bo‘shatish yoki boshqa lavozimlarga o‘tkazish huquqi berilishi mumkin.


Sertifikat davlat va munitsipal muassasalarda kunduzgi xizmat ko‘rsatadigan yoki tashkilot yoki korxonaning doimiy ishlarida qatnashadigan xodimlar uchun talab qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi seshanba kuni emlash tibbiy, ijtimoiy, taʼlim va boshqa muassasalarda majburiy holga aylantirilishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Latviya Adliya vazirligi 14 iyunga qadar qonunga tuzatishlar tayyorlaydi.
Nasiba To‘xtayeva







