Turkiyada 2 yoshli bola sayohat paytida vafot etdi
Turkiya qirg‘og‘ida plyajdan 50 metr masofada sayohat paytida qayiq ag‘darilib ketdi.


Uning bortida 38 kishi bo‘lgan. Hodisa natijasida 2 yoshli bola vafot etdi. U ota-onasi bilan Fransiyadan Turkiyaga sayohatga kelgan edi. Shuningdek, 3 kishi jarohat oldi.
Taʼkidlanishicha, qayiq ag‘darilganidan keyin ko‘pchilik qirg‘oqqa suzib borgan. Ayrimlarini voqea joyiga yetib kelgan sohil xavfsizlik guruhlari, shuningdek suv taksilari qutqarib olishdi.
Mahalliy OAVning xabar qilishicha, qayiqning old qismida teshik bo‘lgan va undan suv kirishni boshlagan.
Nasiba To‘xtayeva







