Xitoy kamikadze raketalar yaratadi
Xitoy rasmiylari Yerga asteroid xavfini yo‘q qilishni taʼminlash uchun kosmik flot yaratilishini eʼlon qildi.


Taʼkidlanishicha, Xitoyning og‘ir Chenje-5 raketa tashuvchisi bazasida asteroidlar orbitalarini o‘zgartiradigan o‘nlab yadrosiz zarba vositalari yaratiladi.
Avvalroq, NASA HAMMER loyihasini taqdim etgan edi, unda xavfli asteroidlar orbitasini yadro qurolisiz o‘zgartirish mumkin, ammo ko‘plab raketalar bilan, ularning kinetik energiyasi asteroidlarning trayektoriyasini o‘zgartiradi. Ammo asteroidning yadroviy portlashi yerdagi odamlarning ahvolini yana-da kuchaytiradi.
Shunga asoslanib, Xitoy yaqin 10 yil ichida asteroidlar orbitasini yadrosiz tuzatish loyihasini yakunlash mumkin deb daʼvo qilmoqda. Kamikadze kosmik kemalari bilan 23 ta raketa yaratish rejalashtirilgan.
Nasiba To‘xtayeva







