Dubayda neft tankeri portladi
Kecha tunda Dubayda kuchli portlash yuz berdi. Al Arabiya telekanali xabar qilishicha, portlash Jabal-Ali porti hududida ro‘y bergan.


Xabar qilinishicha, voqea neft tankeri bortida sodir bo‘lgan. Guvohlar portlash aks etgan videolarni ijtimoiy tarmoqqa joylashdi.
Portlashdan so‘ng yuzaga kelgan yong‘in tez orada nazoratga olindi.
Amirlik hukumati bergan maʼlumotga ko‘ra, portlash natijasida jabrlanganlar yo‘q.







