O'zbekiston

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 44ta yangi eksportbop uzum plantatsiyalari yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida uzumchilik sohasidagi mavjud muammolar va tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 44ta yangi eksportbop uzum plantatsiyalari yaratiladi

 

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatimizda uzum yetishtirish bo‘yicha qadriyat darajasiga yetgan tajribani yangilash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni olib kirish, mahsulotning yangi turlarini yaratish borasida hech qanday siljish yo‘q. Haligacha 40-50 yil ilgari yaratilgan uzum navlari ekilmoqda. Vaholanki, jahon bozoriga yiliga mahsulotning 400dan ortiq navi taqdim qilinyapti. O‘tgan yili birgina Oltiariq tumanida g‘alla maydonlari qisqartirilib, 2 ming gektar yerda yirik uzumzorlar barpo etilishi natijasida 5 ming ish o‘rni yaratildi. Demak, soha mamlakatning eksport salohiyatini oshiribgina qolmay, aholi bandligini taʼminlashda ham muhim ahamiyatga ega.

 

Shu kabi omillar asosida Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish ishtirokchilalriga Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi 44 ta tumanda yangi eksportbop uzum plantatsiyalari tashkil etish vazifasini qo‘ydi.

 

“Mana shu 44ta tumanning hokimlari bu sohani ham o‘zining o‘sish nuqtasi, drayveri qilib odamlarni boqish bo‘yicha hamma narsa qilsa bo‘ladi. Agar ilmiy yondoshuv qilib, innovatsion, investitsion jozibadorligini oshirib, bugungi berilgan imkoniyatlardan foydalanib ish qilsa, faqatgina shu sohani o‘zida uch yilda 1,5 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilinishi mumkin. O‘zbekistonda juda katta imkoniyat bor. Uzumchilik bu – xalqimizning asrlar davomidagi milliy dehqonchilik madaniyati, qadriyati, g‘ururi va daromad manbai hisoblanadi. Uzum xalqimizning turmush tarzi va urf-odatlari bilan bevosita bog‘lanib ketgan”, -deya taʼkidladi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

 

Davlatimiz rahbarining qayd etishicha, yangi plantatsiyalarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi yo‘lga qo‘yiladi. Shu maqsadda qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalarida uzumchilikni rivojlantirish, ko‘chat bilan taʼminlash, kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha loyiha ofislari tashkil etiladi.

 

Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda boshqa ilmiy muassasalarning yerlarida sertifikatlangan uzum ko‘chatlari yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Tokzorlar barpo etish va eskilarini yangilashni rag‘batlantirish maqsadida sertifikatlangan yangi uzum plantatsiyalarining har bir gektariga 10 million so‘mdan subsidiya beriladi.

 

Uzumzorlar tashkil etishni moliyalashtirish uchun banklarga 100 million dollar resurs ajratiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 44ta yangi eksportbop uzum plantatsiyalari yaratiladi | Zamon.uz