Jahon

Quyoshda 2017 yildan buyon eng kuchli chaqnash qayd etildi

Quyoshda 3 iyul kuni  X-sinfidagi maksimal chaqnash hosil bo‘ldi. Bu 2017 yildan buyon eng yuqori daraja, deyiladi “FIAN” Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasi veb-saytida.

Quyoshda 2017 yildan buyon eng kuchli chaqnash qayd etildi

 

 

Quyosh chaqnashlari uning yuzasida qora dog‘lar hosil qiladigan magnit maydoni aylanib, energiya chiqara boshlagach, yuzaning qizib ketishi natijasida paydo bo‘ladi. Ular rentgen quvvati bilan baholanadi va beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X. So‘nggi X sinf bu shkaladagi eng kuchli energiya ajralib chiqishini anglatadi.

Eng kuchli energiya 2003 yil noyabr oyida qayd etilgan — X28 darajada. Yangi qayd etilgan hodisa unchalik katta kuchga ega bo‘lmagan, ammo atmosferaning yuqori qismiga urilib, Atlantika okeanida qisqa to‘lqinli radioaloqalar uzilishiga olib kelgan.

“FIAN” Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasining maʼlumotlariga ko‘ra, chaqnash quyosh faolligining juda keskin o‘sishi natijasidir. Ushbu faollikning o‘sishiga oid hech qanday prekursorlar kuzatilmagan. Quyoshning qisqa vaqt ichida nisbatan tinch holatdan bunday keskin holatga o‘tishi kutilmagan va bashorat qilinmagan hol bo‘ldi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Quyoshda 2017 yildan buyon eng kuchli chaqnash qayd etildi | Zamon.uz