“Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar o‘z chegasi xavfsizligi borasida tashvishlanishiga asos yo‘q ”- Tolibon
“Tolibon” harakati siyosiy idorasining rasmiy vakili Muhammad Naim Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlar o‘z chegarasi xavfsizligi borasida tashvishlanishga asos yo‘qligini aytdi.


Faqat buning evaziga mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikni so‘radi.
"Chegara masalasiga keladigan bo‘lsak, biz hammani ishontirib aytamizki, biz tomondan muammo bo‘lmaydi. Biz barcha qo‘shnilarimizni chegaralarimizda xavfsizlik bo‘yicha xotirjam bo‘lishlarini so‘raymiz. Shuningdek, ichki ishlarimizga aralashmaslikni so‘raymiz. Bunga yo‘l qo‘yib qo‘ymaymiz", - degan Muhammad Naim.
U “Tolibon” har qanday masalani muloqot va tushunish orqali yechishmoqchi ekanini bildirgan.
“Tolibon”, shuningdek, Afg‘oniston hududidining barchasi ustidan hukmronlik qilishni maqsad qilmagani va muloqot yo‘li bilan "musaqil va ozod islom davlati tizimi"ni yaratmoqchiligini eʼlon qilgan.
Sharofat Mahmudova







