AQSHda qutqaruv operatsiyasi to‘xtatildi
AQSHning Mayami-Deyd okrugi meri Daniella Livayn Kava Syorfsaydda qulab tushgan turar-joy qurbonlari soni 64 taga yetgani va 76 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida ekanini eʼlon qildi.

Bir kun oldin Florida hukumati 2 haftadan ortiq davom etgan qutqaruv operatsiyasini to‘xtatishini eʼlon qildi. Chunki oradan shuncha vaqt o‘tib, vayronalar ostida omon qolganlar borligiga umid qolmadi.
Serfsayddagi 12 qavatli uy 24 iyun tunida qisman qulagan edi. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan 37 nafar omon qolganlarni olib chiqishgan. Birinchilardan bo‘lib qutqarilgan 10 yoshli bola zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ammo keyinchalik faqat jasadlar vayronalar ostidan olib chiqilgan.
Sharofat Mahmudova







