Armaniston hukumati karantinni yana olti oyga uzaytiradi
Armaniston hukumati koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yil sentyabrida kiritilgan karantinni yana olti oyga uzaytirmoqchi.


Bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Respublika sog‘liqni saqlash vaziri Anaxit Avanesyan xabar bergan.
« Biz karantinni yana olti oyga uzaytirmoqdamiz, chunki karantin qarori bizni ozmi-ko‘pmi qatʼiy cheklovlarni qo‘llashimizga imkon beradigan vositalarni yaratadi», - deydi u.
Karantin Armanistonda o‘tgan yilning 11 sentyabrida joriy qilingan va shu vaqtdan beri bir necha bor uzaytirilgan. Shuningdek barcha tashkilotlar, savdo markazlari va restoranlar, shuningdek jamoat transporti ishlaydi.
So‘nggi paytlarda Armanistonda infeksiyaning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashdi, yuqtirganlar sonining kunlik o‘sishi 150 atrofida o‘zgarib turadi. Jami respublikada 226 135 nafar odam (aholining taxminan 8%) aniqlandi, 4 540 kishi infeksiya oqibatida kelib chiqqan asoratlardan vafot etdi.
Ozoda Choriyeva







