Jahon

Litva Belorusni yuzlab migrantlarni mamlakat hududiga yuborishda ayblamoqda

Litvalik mansabdorlarning aytishicha, qochoqlar avval Bag‘dod va Turkiya shaharlaridan Minskka yetib oladi, so‘nggi kunlarda ular Belorus-Litva chegarasidan o‘tishgan. Litva bosh vaziri mamlakat chegarada to‘siq o‘rnatishi va u yerga harbiylarni joylashtirishini eʼlon qildi.

Litva Belorusni yuzlab migrantlarni mamlakat hududiga yuborishda ayblamoqda

Chorshanba kuni Litva TIV Belorus elchisini chaqirib, Minskdan noqonuniy migrantlar oqimini to‘xtatishni talab qilgan. Chegara xizmati maʼlumotiga ko‘ra, iyul oyining dastlabki 7kunida chegaradan 799 nafar noqonuniy migrant o‘tgan. 2021 yilning dastlabki 6 oyida ularning soni 636 tani tashkil etardi.

26 may kuni Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko endi uning davlati Yevropa Ittifoqining g‘arbiy chegaralarini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan migrantlarga to‘sqinlik qilmasligini eʼlon qilgan. Bu Ryanair samoletining Minskda majburan qo‘ndirilgani tufayli g‘arb eʼlon qilgan sanksiyalarga Belorusning javobi bo‘ldi.

Maʼlumot uchun, 23 may kuni Afinadan Vilnyusga uchayotgan Ryanair samoleti Minskda majburan qo‘ndirilgan edi. Aviakompaniya samolyot Minskda qo‘nishiga sabab Belorus dispecherlari layner bortida potensial xavf borligi haqida ogohlantirgani ekanini eʼlon qildi. Keyinchalik samolyotda bomba borligi haqidagi maʼlumot tasdiqlanmadi.

Shu reys bilan uchayotgan NEXTA axborot portali asoschisi Roman Protasevich va uning dugonasi, Rossiya fuqarosi Sofya Sapega samolet qo‘nishi bilan qo‘lga olingan.

 

 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Litva Belorusni yuzlab migrantlarni mamlakat hududiga yuborishda ayblamoqda | Zamon.uz